Boks/MMA

Biroz avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi yakunlandi.

176

Oqshomning markaziy jangida engil vaznda WBC chempioni Devin Xeyni davogar Jozef Diasdan kamarini himoya qildi. CHempionlik jangi to’liq 12 raund davom etdi va g’olib hakamlar qaroriga ko’ra aniqlandi. 

Dastlabki raundlar meksikalik davogar hisobiga yozildi. Keyin esa  Xeyni vaziyatni o’z nazoratiga oldi. O’n ikkinchi raundda Dias kuchli zarba bilan raqibini muvozanatdan chiqardi. Ammo, chempion oyoqda tura oldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan chempionning g’alabasini taminlashdi — 116:112, 117:111, 117:111.

SHu tariqa, Xeyni chempionlik kamarini himoya qildi. Bu vaznda mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos hisoblanadi. U o’tgan hafta shov-shuvli tarzda endilikda sobiq chempion Teofimo Lopesni mag’lubiyatga uchratgan edi. Katta ehtimol bilan avstraliyalik chempion keyingi jangini Xeyniga qarshi o’tkazadi.

Fikr bildirish