Tennis

Davis Cup. Xorvatiyaning finaldagi raqibi malum

420

Ikkinchi yarim final juftligida Rossiya terma jamoasi Germaniyaga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Yakkalikdagi ikki g’alabadan so’ng juftlik uchrashuvining o’tkazilishiga hojat qolmadi. 

Dastlab Andrey Rublyov Rossiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyin esa dunyoning ikkinchi raketkasi Daniil Medvedev ATP reytingida 51-pog’onadan joy olib turgan Yan-Lennard SHtruffni 6/4, 6/4 hisobida taslim etdi. 

SHu tariqa, Rossiya terma jamoasi “Devis Kubogi”ning finaliga yo’l oldi. Bugun bosh sovrin uchun kechadigan bahsda Rossiya va Xorvatiya tennischilari o’zaro kortga chiqishadi. 

Fikr bildirish