Boks/MMA

UFC promousheni rahbarlari engil vazn toifasida chempionlik kamariga sobiq davogar Kevin Li bilan shartnomani bekor qilgandi.

302

SHundan so’ng Li o’ziga bir nechta promoushenlardan aniq takliflar bo’layotganini malum qilgandi. Ular orasida Bellator ham aytilgan edi. Lekin Bellator prezidenti Skott Kokerning fikri tamomila boshqacha. 

“Hozir bizda bo’sh o’rinlar deyarli yo’q. Promoushendagi jangchilar ko’rsatayotgan natijalardan ko’nglimiz to’q”, – deya Bellator 272 turniridan keyingi matbuot anjumanida savolga javob bergan Koker.

Eslatib o’tamiz, 29 yoshli Kevin Li 2014 yildan to shu kungacha UFC promoushenida faoliyat yuritgan. U tashkilot bayrog’i ostida 11 g’alaba, 7 mag’lubiyat qayd etgan. Oxirgi 5 ta jangidan 4 tasida mag’lubiyat alamini totib ko’rgan edi. Avvalroq amerikalikni Xabib Nurmagomedovga tegishli Eagle FC ligasi o’z safiga qo’shib olishi mumkinligi haqidagi xabar ham chiqqandi.

Fikr bildirish