Futbol

“G” guruhidagi dahshatli vaziyat, “Barselona” va Yevropa ligasi va Xolandsiz pley-off yoxud Chempionlar ligasi so‘nggi turi oldidan guruhlarda qanday holat?

144

Seshanba va chorshanba kunlari UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ba’zi guruhlarda hamma narsa allaqachon hal qilingan, ammo boshqa bir guruhlarda esa vaziyat hamon qizg‘in holatda. “Stadion.uz” nashri har bir kvartetdagi jamoalarning holati va guruhdagi vaziyat haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

 

A guruhi

M
Komanda
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Manchester Siti 5 4 0 1 17 8 +9 12
2 PSJ 5 2 2 1 9 7 +2 8
3 RB Leypsig 5 1 1 3 13 13 0 4
4 Bryugge 5 1 1 3 5 16 -11 4

PSJ – “Bryugge”

“Leypsig” – “Manchester Siti”

“A” guruhida pley-off ishtirokchilari ma’lum: “Manchester Siti” birinchi ushbu muammoni hal qilgan bo‘lsa, PSJ esa ikkinchi o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

Oxirgi turda “Leypsig” va “Bryugge” klublari Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Jamoalar hisobida 4 ochkodan bor, ammo nemislar o‘zaro uchrashuvlarda yuqoriroq o‘rinda (mag‘lubiyat 1:2, g‘alaba 5:0). Shunday qilib, uchinchi o‘rinni egallash uchun “Bryugge” PSJ mehmoni bo‘lsa, “Leypsig” “Manchester Siti” bilan o‘z uyida o‘ynaydi.  

 

V guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Liverpul 5 5 0 0 15 5 +10 15
2 Portu 5 1 2 2 3 8 -5 5
3 Milan 5 1 1 3 5 7 -2 4
4 Atletiko 5 1 1 3 4 7 -3 4

“Milan” – “Liverpul”

“Portu” – “Atletiko”

“Liverpul” to‘rtinchi turdan keyin ushbu kvartetda birinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi. Pley-off bosqichining ikkinchi yo‘llanmasi uchun uchta jamoa kurash olib bormoqda – “Portu”, “Milan” va “Atletiko”. Aniqlik kiritish kerakki, agar ochkolar teng bo‘lsa, “Milan” va “Atletiko” umumiy to‘plar farqi bo‘yicha solishtiriladi. Sababi, UYEFA mehmondagi gol qoidalari bekor qilgan.

“Portu” pley-off yo‘llanmasini rasmiylashtirish uchun o‘z uyida “Atletiko”ni mag‘lub etishi kifoya. “Milan” “Liverpul”ni mag‘lub eta olmasa, “ajdarlar uchun durang ham kifoya qiladi. 

“Milan” pley-offga chiqish uchun “Liverpul”ni mag‘lub etishi va shundan keyingina parallel o‘yin natijasiga qarashi kerak. U yerda portugaliyaliklarning durangi yoki “Atletiko”ning minimal hisobdagi g‘alabasi to‘plar farqi bo‘yicha italiyaliklarni  pley-offga olib chiqadi.

“Atletiko” ikkinchi o‘rinni egallash uchun “Portu”ni mag‘lub etishi kerak va “Milan” “Liverpul”ni mag‘lub eta olmasligi talab etiladi.  

 

S guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Ayaks 5 5 0 0 16 3 +13 15
2 Sporting L 5 3 0 2 12 8 +4 9
3 Borussiya D 5 2 0 3 5 11 -6 6
4 Beshiktash 5 0 0 5 3 14 -11 0

“Ayaks” – “Sporting”

“Borussiya D” – “Beshiktash”

“C” guruhida intrigalar umuman yo‘q – jamoaning hozirgi holati yakuniy holatga aylanadi. “Borussiya” ochkolar bo‘yicha “Sporting”ga yetib olishi mumkin, ammo o‘zaro uchrashuvlarda Lissabon klubining natijalari yuqoriroq bo‘ladi.

 

D guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Real 5 4 0 1 12 3 +9 12
2 Inter 5 3 1 1 8 3 +5 10
3 Sherif 5 2 0 3 6 10 -4 6
4 Shaxtyor 5 0 1 4 1 11 -10 1

“Real Madrid” – “Inter”

“Shaxtyor” – “Sherif” 

“Real” va “Inter” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi, “Sherif” Yevropa ligasiga yo‘l oldi va “Shaxtyor” uchun Yevromavsum tugadi. Bu guruhda “Real” va “Inter” birinchi o‘rinni kim egallashiga aniqlik kiritishi qoldi. Madrid klubini mag‘lub etish uchun neradzurrilar seshanba kuni Ispaniyaga safar uyushtiradi.

 

E guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Bavariya 5 5 0 0 19 3 +16 15
2 Barselona 5 2 1 2 2 6 -4 7
3 Benfika 5 1 2 2 5 9 -4 5
4 Dinamo K 5 0 1 4 1 9 -8 1

“Bavariya” – “Barselona”

“Benfika” – “Dinamo” 

“Bavariya” birinchi o‘rinni kafolatladi, “Dinamo Kiyev” esa oxirgi o‘rinni egallaydi. So‘nggi turda “Barselona” va “Benfika” Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ikkinchi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Bu kurashda ochkolar teng bo‘lgan taqdirda shaxsiy uchrashuvlardagi natijalar tufayli(g‘alaba 3:0, durang 0:0), portugal klubi yuqoriroq o‘rinni egallaydi.  

“Benfika” “Dinamo”ni mag‘lub etishi kerak. Agar bu vaziyatda “Barselona” Myunxenda g‘alaba qozona olmasa, ikkinchi o‘rinni lissabonliklar egallaydi. Xavi jamoasining ahvolini va “Bavariya”ning turnir motivasiyasisiz ham o‘yinlarga moslasha olishini hisobga olsak, “Barselona” Chempionlar Ligasi pley-offidan quruq qolib, Yevropa ligasiga yo‘l olishi mumkin. “Barselona” va Yevropa Ligasi… bu klubni ushbu turnirda namoyon etish qandaydir qiyin…

 

F guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Manchester Yunayted 5 3 1 1 10 7 +3 10
2 Vilyarreal 5 2 1 2 9 7 +2 7
3 Atalanta 5 1 3 1 10 10 0 6
4 Yang Boyz 5 1 1 3 6 11 -5 4

“Manchester Yunayted” – “Yang Boyz”

“Atalanta” – “Vilyarreal” 

“Manchester Yunayted” “Vilyarreal”ga to‘qnash keladi (guruhda inglizlar 2:1 va 2:0 hisobida g‘alaba qozongan), shuning uchun ham inglizlar birinchi o‘rindan tushib ketmaydi.

Pley-offning ikkinchi yo‘llanmasini “Atalanta” va “Vilyarreal” o‘ynaydi. Ko‘rib turganingizdek, bergamoliklar g‘alaba qozonishlari kerak, ammo “sariq suv osti kemasi”ni durang ham  qanoatlantiradi.

“Yang Boyz”da uchinchi o‘rinni egallash uchun ajoyib imkoniyat bor. Shveysariyaliklar “Old Trafford”da g‘alaba qozonishlari va Italiyada “Vilyarreal”ning g‘alaba qozonishiga umid qilishlari kerak.

 

G guruhi

M
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Lill 5 2 2 1 4 3 +1 8
2 Red Bull Zalsburg 5 2 1 2 7 6 +1 7
3 Sevilya 5 1 3 1 5 4 +1 6
4 Volfsburg 5 1 2 2 4 7 -3 5

“Zalsburg” – “Sevilya”

“Volfsburg”– “Lill”

 

“G” guruhida qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda, chunki barcha 4 jamoaning ham pley-off uchun imkoniyati bor.

“Lill”pley-offga chiqish uchun yutqazmaslik kifoya. Agar fransuzlar mag‘lub bo‘lishsa, albatta 3-o‘rinni egallaydi. Agar ular g‘alaba qozonsa, guruhda birinchi o‘rinni egallaydi. 

 “Zalsburg” mag‘lub bo‘lmasa, pley-offga chiqadi. Birinchi o‘rinni egallash uchun avstriyaliklar “Sevilya”ni mag‘lub etishlari va “Lill” Germaniyada g‘alaba qozonmasligiga umid qilishlari kerak. Agar mag‘lub bo‘lsa, “Zalsburg” uchinchi (agar “Volfsburg” g‘alaba qozonmasa) yoki to‘rtinchi (agar “Volfsburg” g‘alaba qozonsa) bo‘ladi.

Pley-offga chiqish uchun “Sevilya”“Zalsburg”ni mag‘lub etdi. Agar bir vaqtning o‘zida “Volfsburg”“Lill”ni mag‘lub etsa, ispanlar birinchi o‘rinni egallaydi. Agar “Sevilya”durang o‘ynasa yoki mag‘lub bo‘lsa, “Volfsburg”“Lill”ni mag‘lub etmasa, “Sevilya” uchinchi o‘rinni egallaydi. 

“Volfsburg” uchinchi o‘rinni egallay olmaydi – jamoa yo Chempionlar Ligasi pley-offida bo‘ladi yoki oxirgi o‘rinda qoladi. Pley-offga chiqish uchun “bo‘rilar” o‘z maydonida “Lill”ni mag‘lub etishi kifoya. Agar bir vaqtning o‘zida “Zalsburg” va “Sevilya” durang o‘ynasa, “Volfsburg” birinchi o‘rinni egallaydi.

 

N guruhi

 
jamoalar
I
V
N
P
ZM
PM
RM
O
1 Chelsi 5 4 0 1 10 1 +9 12
2 Yuventus 5 4 0 1 9 6 +3 12
3 Zenit 5 1 1 3 7 7 0 4
4 Malmyo 5 0 1 4 1 13 -12 1

“Zenit” – “Chelsi”

“Yuventus”– “Malme”

 

“Chelsi” va “Yuventus” Chempionlar ligasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oxirgi turda jamoalar birinchi o‘rinni egallash uchun maydonga tushadi. Agar ochkolar teng bo‘lsa, britaniyaliklar o‘zaro uchrashuvlar hisobiga (g‘alaba 4:0, mag‘lubiyat 0:1) yuqoriroqdan joy oladi, ya’ni italiyaliklar so‘nggi turda raqibidan ko‘proq ochko olishlari kerak.

“Zenit” o‘zaro o‘yinlarda “Malme”dan ustunlikka ega (g‘alaba 4:0, durang 1:1), shuning uchun Rossiya chempioni guruhda uchinchi o‘rinni egallashi aniq.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Fikr bildirish