Boks/MMA

Ikki vazn toifasida UFC kamari sohibi Amanda Nunes tashkilotning yarim engil vazn toifasini yopib yubormoqchi ekanligini tanqid qildi.

187

“Biz bu vaziyatdan to’g’ri chiqishimiz lozim. Bu vaznda ancha yillardan beri jang qiladigan qizlar bor. Men o’zimga hech qachon raqib tanlamaganman. Agar yana kimdirlarga qarshi jang qilishim kerak bo’lsa, oktagonga ko’tarilishga roziman. Doim muxlislar istayotgan narsani berishga tayyor bo’lganman. UFC bu vaznni yopib yuborishdan ko’ra boshqa yo’l orqali bu vaziyatdan chiqishi lozim. Misol uchun, vaznga yangi nomlarni olib kirgan holda”, – dedi Nunes.

Eslatib o’tamiz, UFC rahbari bir necha bor ayollarning yarim engil vaznida etarli jangchi yo’qligi sababli bu vazndan voz kechish istagi borligini malum qilgan.

Fikr bildirish