Har ikki bahs ham Nur-Sulton shahrida bo’lib o’tadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz kecha Qozog’iston poytaxtiga etib bordi va mashg’ulotlarni boshlab yubordi. Vakillarimiz xalqaro o’rtoqlik o’yiniga 13 nafar futzalchi bilan yo’l olishdi. Yig’inga taklif etilgan 14 nafar o’yinchi orasidan faqat Xushnur Erkinov hujjatlar bilan bog’liq muammo sabab Toshkentda qolgan.
O’zbekiston terma jamoasining Qozog’istonga yo’l olgan tarkibi:
Ko’rib turganingizdek, tarkibdagilardan faqat Abdulla Solihov va Davlat Ibragimov shu yilning 12 sentyabr – 3 oktyabr kunlari Litva mamlakatida o’tkazilgan futzal bo’yicha Jahon chempionatida qatnashmagan.
Eslatib o’tamiz, Qozog’iston va O’zbekiston terma jamoalari o’rtasidagi har ikkala o’rtoqlik o’yini Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurash saroyi (Nur-Sulton)da bo’lib o’tadi.