«PSJ» «Real» vingeri Vinisius Juniorni sotib olish niyatida, deya xabar beradi El Nacional.
Fransuz klubi 21 yoshli futbolchi bilan allaqachon aloqaga chiqqan, u hali madridliklar bilan qoniqarli shartnoma imzolagani yo‘q.
Manbaga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi futbolchisi «Real Madrid»da qolishni istamoqda, ammo «PSJ»ning qiziqishi uning agentini hayratda qoldirdi, «PSJ»uning vatandoshlari — Neymar va Markinyoslar futbolchini o‘z jamoasiga o‘tishga ko‘ndira olishiga umid qilmoqda.