“Barselona” “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogbani sotib olish bo‘yicha muzokara olib bormayapti. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar bermoqda.
Pogbaning agenti Mino Rayola “Barsa” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi va mijozining “Kamp Nou”ga o‘tishini muhokama qildi. Biroq, bunday kelishuvga erishish imkoniyatiga “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yo‘l qo‘ymadi. Yosh murabbiy Pogbani o‘z jamoasida ko‘rishni istamaydi.
Eslatib o‘tamiz, kelasi yozda Pogbaning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. Fransiyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti.