Futbol

O’tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o’yin namoyish etib, “Navbahor”ning g’alabalariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishdi.

207



O'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o'yin namoyish etib, “Navbahor”ning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi.

Intervyu. Davronbek Hoshimov: “Jamoam mag’lubiyatga uchrasa, ichimdan yig’layman”

Teglar : 
Davron Hoshimov intervyuNavbahor
O’tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o’yin namoyish etib, “Navbahor”ning g’alabalariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishdi.

SHunday o’yinchilardan biri maydondagi haqiqiy jangchi, to’p uchun kurashda o’zini ham, raqibni ham ayamaydigan 29 yoshli tajribali himoyachi Davronbek Hoshimov.

Hoshimov mavsum – 2021 da 20 ta o’yinda maydonga tushib, 1800 daqiqa to’p surdi. Yangi mavsumda o’z oldiga yuksak maqsadlarni qo’ygan “Navbahor” tajribali himoyachi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi. SHu munosabat bilan Davronbek Hoshimovdan intervyu olib, unga o’zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik. Tabiiyki, dastlabki savol futbolchining “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomasi muddatini uzaytirishi bilan bog’liq bo’ldi.

– Assalomu alaykum! Yangi mavsumda “Navbahor” o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’ygan, – deya gap boshladi futbolchi. – Buni amalga oshirish uchun klub rahbariyati, murabbiylar shtabi astoydil bel bog’lagan.
– Albatta, Namangan viloyat hokimi SHavkat SHokirjanovich Abdurazzaqov, klub prezidenti Otabek Arifovich Samatov futbolni teran tushunadigan, futbol ichidagi insonlar. SHuningdek, yangi mavsumda jamoani yurtimizning taniqli mutaxassislaridan biri bo’lgan Samvel Babayan boshqaradi. Samvel Vyacheslavovich bilan ko’p yillar davomida “Paxtakor”, shuningdek, biroz muddat “Lokomotiv”da birga faoliyat yuritganman va ushbu murabbiyning qanday salohiyatga ega ekanligini yaxshi bilaman. SHu bois, 2-3 ta klublardan yaxshi takliflar bo’lganligiga qaramay, kelasi mavsumda “Navbahor”ga Osiyo CHempionlar Ligasi (OCHL) yo’llanmasini qo’lga kiritishida yordam berish maqsadida, klub bilan tuzilgan shartnomam muddatini uzaytirishga qaror qildim. Yangi mavsumda “Navbahor” muxlislariga quvonch ulashishga intilamiz.

O'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o'yin namoyish etib, “Navbahor”ning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi.

– O’tgan mavsumda jamoa 6-o’rinni egalladi va tabiiyki, ushbu natija qoniqarli bo’lmadi. Sizningcha, jamoa sovrindorlar safidan joy olishi uchun nima etishmadi?
– Albatta, “Navbahor” singari jamoa uchun 6-o’rin yarashmaydi. Biroq buning o’ziga yarasha obektiv va subektiv sabablari bor. Jumladan, ilk turdan keyinoq bosh murabbiyning almashishi, 1-davradagi ayrim o’yinlarda omadimizning kelmaganligi va hokazo. Futbolda o’zingizga malum, yangi murabbiyning taktikasiga moslashguningizga biroz vaqt talab etiladi. Ikkinchi davra bahslarida “Navbahor” o’zining nimalarga qodirligini namoyish etib, peshqadamlarga ham munosib qarshilik ko’rsata oldi. Biroq 1-davra o’yinlarida ko’p ochko yo’qotganimiz yakunda pand berdi.

– Siz uchun “Navbahor”ning o’tgan mavsumdagi eng yorqin va eng alamli o’yinlari qaysi uchrashuvlar bo’ldi?
– O’tgan mavsumda yorqin o’yinlar ko’p bo’ldi hamda ulardan birortasini alohida ajratib ko’rsatolmayman. Lekin eng alamli bahslar sifatida “So’g’diyona”ga qarshi kechgan o’yinlarni keltirishim mumkin. Jizzaxliklar bilan bo’lgan har ikki uchrashuvda ham 0:1 hisobida alamli tarzda imkoniyatni boy bergandik.

– Maydon va uning tashqarisida qaysi jamoadoshingiz bilan yaxshi chiqishasiz? “Navbahor”dagi do’stingiz kim?
– “Navbahor”dagi barcha futbolchilar bir – biri ahil-inoq, do’st. Klub qarorgohida bitta xonada istiqomat qilishimiz, shuningdek, ampluadoshim bo’lganligi bois, ko’proq Mirzohid G’ofurov bilan yaxshi chiqishaman, ko’p masalalar bo’yicha maslahatlashib turaman. SHuningdek, darvozabon O’tkir Yusupov, bolalikdan birga katta bo’lganligimiz bois, jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov bilan ham yaxshi munosabatdaman.

– Futbolga qay tarzda kirib kelgansiz? Futbolchi bo’lishingizga kim sababchi bo’lgan?
– Futbolga bolalikdan qiziqqanman. SHu bois, mendagi qiziqishni payqagan dadam 5-sinfda tahsil olayotganimda qo’limdan etaklab, Yangierdagi BO’SMga olib borganlar, yani, futbolchi bo’lishimga otam sababchi bo’lganlar. SHu tariqa, futboldagi ilk qadamlarim boshlangan.

O'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o'yin namoyish etib, “Navbahor”ning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi.

– Oilangizda sizdan boshqa futbolchi yoki sportchi bormi?
– Oilada ikki nafar o’g’ilmiz. Doniyor ismli ukam bor. U ham futbolni tanlab, Bekobodning “Metallurg” tarkibida biroz muddat o’ynagandi. Ammo keyinchalik jarohatlar bezovta qilganligi bois, ayni paytda boshqa soha bilan shug’ullanyapti.

– Vaqti kelib, o’g’lingiz futbolchi bo’laman, desa, uni qo’llab-quvvatlaysizmi yoki boshqa kasbni tanlashini maslahat berasizmi?
– Albatta, farzandim futbolchi bo’laman, desa, uni qo’llab-quvvatlab, qo’limdan kelganicha maslahat beraman. Har qanday ota o’g’lining futbolchi bo’lishidan xursand bo’lsa kerak.

-­ Mabodo futbolchi bo’lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo’lardingiz?
– To’g’risi, bu haqda o’ylab ko’rmagan ekanman. Takidlaganimdek, 11 yoshimdan futbol bilan shug’ullanib, o’z oldimga futbolchi bo’laman, degan maqsad qo’ygandim va Xudoga shukr, o’z niyatimga erishdim. Bu ham bo’lsa, Allohning inoyati hamda taqdiri. Futbolchi ekanligimdan faxrlanaman.

– Jamoangiz yoki terma jamoamiz alamli tarzda mag’lubiyatga uchraganida hech maydonda yig’laganmisiz?
– Albatta, har futbolchi uchun mag’lubiyat ancha alamli holat. Oshkora bo’lmasada, qaysi klubda o’ynasam ham, o’sha jamoa mag’lubiyatga uchrasa (shu jumladan, “Navbahor” va terma jamoamiz ham), ichimdan yig’layman. Boshqalarni bilmadimku, lekin menda har bir mag’lubiyatdan so’ng, juda kuchli og’riq yuz beradi, 2-3 kun davomida o’zimni yomon his qilaman. Bir so’z bilan aytganda, jamoamizning mag’lubiyatga uchrashini hazm qilolmayman. Umid qilamanki, yangi mavsumda “Navbahor”ning g’alabali onlari ko’p bo’ladi.

O'tgan mavsumda jamoamiz tarkibida bir qator futbolchilar yorqin o'yin namoyish etib, “Navbahor”ning g'alabalariga o'zlarining munosib hissalarini qo'shishdi.

– Milliy terma jamoamizning yangi ustozi Srechko Katanec sizni bosh jamoamizning nobr oyidagi o’quv-mashg’ulot yig’iniga chaqirdi va Gruziya termasiga qarshi kechgan o’rtoqlik bahsida boshlang’ich tarkibda maydonga tushdingiz. Terma jamoamizdagi mashg’ulotlar jarayoni hamda o’sha o’yin haqidagi taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashsangiz…
– Sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanec milliy terma jamoamizning so’nggi yig’iniga chaqirdi hamda Gruziya termasiga qarshi kechgan bahsda boshlang’ich tarkibda maydonda tushib, 45 daqiqa to’p tepishga muvaffaq bo’ldim.Umuman olganda, klub bilan terma jamoa mashg’ulotlarida katta farq bor. Terma jamoaga yurtimizning eng kuchli futbolchilari jalb etilishadi. Gruziyaliklar bilan tengma-teng o’ynab, munosib qarshilik ko’rsata oldik. Faqatgina o’z darvozamizdan o’tkazib yuborilgan to’p pand berib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdik.

Qisqasi, terma jamoamizning noyabrdagi o’quv-mashg’ulot yig’inidan katta taassurotlar qoldi. Bosh jamoamizga aynan “Navbahor”dagi yorqin o’yinlarim sababli chaqirildim. 2018 yili ham mazkur jamoadan terma jamoaga jalb etilgandim. SHu bois, fursatdan foydalanib, “Navbahor” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va jamoadoshlarimga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Xudo xohlasa, kelasi mavsumda ham “Navbahor” sharafini munosib himoya qilib, terma jamoa tarkibidan o’rin olaman, degan umiddaman.

– “Navbahor” muxlislariga tilaklaringiz…
– Kirib kelayotgan 2022 yil barcha hamyurtlarimiz, shu jumladan, “Navbahor” muxlislariga ham omadli va barokatli kelsin, ilohim! Jamoamiz muxlislariga tilagim, o’z jamoalarini qo’llab-quvvatlashdan charchashmasin. Biz – futbolchilar esa ularning orzularini ro’yobga chiqarib, yangi mavsumda Osiyo CHempionlar Ligasi (OCHL) yo’llanmasini qo’lga kiritishga harakat qilamiz.

Malumot uchun
Davronbek Hoshimov – 1992 yil, 24 noyabrda Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida tug’ilgan.
Futbol bilan 11 yoshidan shug’ullana boshlagan.
Birinchi murabbiyi:
To’rabek Egamberdiev.
Yangierdagi BO’SM, “Paxtakor” futbol maktabida tahsil olgan.
Ampluasi:
himoyachi.
O’ynagan jamoalari: “Paxtakor” (Toshkent, 2011 – 2017 yillar), “Navbahor” (Namangan, 2018 yil – 2019 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv” (Toshkent, 2019 yilning 2-davrasi – 2020 yilning 1-davrasi).
2020 yilning 2-davrasidan yana “Navbahor”da.
Oilali. Ikki farzand, yani, bir qiz va bir o’g’ilning otasi.
Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).
Yoqtirgan futbolchisi: Dani Karvaxal.

Fikr bildirish