Futbol

Gavini xafa qilishdi. U “Barselona”dan ketmoqchi

132

“El Nacional” nashri xabariga ko‘ra, Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati o‘z jamoasi yarimhimoyachisi Gavi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga “ko‘k-anorranglilar”ning yangi taklifi yoqmagan, shu bois u klubi ro‘yxatini o‘zgartirmoqchi. nashrning xabar berishicha, yarimhimoyachi uchun jiddiy xaridor allaqachon topilgan.

Gavi uchun asosiy da’vogar “Pari Sen-Jermen” bo‘lib turibdi. Parijliklar qaytarib sotib olish variantidan foydalanishga va sportchini atigi 50 million yevroga xarid qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” futbolchini sotib olish bandini 50 milliondan 1 milliard yevroga o‘zgartirish maqsadida yarimhimoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilgandi.

Fikr bildirish