Futbol

Abramovich 3-fuqarolik passportiga ega bo‘ldi

155

Londonning «Chelsi» klubi xo‘jayini, rossiyalik milliarder Roman Abramovich Portugaliya fuqarosiga aylandi, deb xabar beradi Público nashri.

Manbaga ko‘ra, tadbirkor Pireney yarim orolida yashagan yahudiylarning avlodi sifatida Portugaliya fuqaroligini olgan.

Abramovichda Rossiya va Portugaliya fuqaroligidan tashqari, 2018 yilning may oyida olingan Isroil pasporti ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Roman Abramovich 2018 yildan beri birinchi marta Buyuk Britaniyada bo‘lgan edi. Uch yil oldin u viza bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.

Ma’lumot uchun, Abramovich 2003 yildan beri «Chelsi»ga egalik qiladi. Bu vaqt ichida «ko‘klar» Angliyaning to‘rt karra chempioni bo‘lishdi, ikki marta Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida g‘alaba qozonishdi, UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, jamoa hisobida besh marta Angliya kubogi, uch marta Liga kubogi va Angliya Superkuboklari ham mavjud.

Fikr bildirish