SHveycariyalik futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi. “Bo’rilar” uning xaridi uchun 10 mln evrodan voz kechishga tayyor.
Froyler 2016 yil yanvaridan beri bergamoliklar sharafini himoya qilib keladi. U 2021/22 yilgi mavsum A Seriyada 13 o’yinda qatnashib, bitta gol urdi. ECHLda esa 29 yoshli xavbek 6 bahsda 1+1 natijaga erishdi.