Qishda Kataloniyaning “Barselona”da jamoasi tarkibini jiddiy ravishda tozalashni rejalashtirmoqda. “Ko‘k-anorranglilar” ustozi Xavi Ernandes o‘zi ishonmaydigan futbolchilarning ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinda gollandiyalik hujumchi Lyuk de Yong joy oldi, u mavsum boshlanishidan oldin “Sevilya”dan ijaraga olingandi. Kataloniyaliklar futbolchini muddatidan avval o‘z jamoasiga qaytarish niyatida.
Shuningdek, “Barsa”ning yangi murabbiylar shtabining rejalarida braziliyalik Filippe Koutinyo ham yo‘q. Kataloniyaliklar yarimhimoyachining omadsiz o‘yini va yuqori maoshi tufayli unga xaridor qidirmoqda.
Keraksiz futbolchilar qatoriga himoyachi Samuel Umtiti va darvozabon Neto ham kiritilgan.
“Barselona” mavsumning birinchi yarmini juda omadsiz o‘tkazdi. Jamoa Chempionlar ligasidan chiqib ketgan va La Ligada atigi 7-o‘rinni egallab turibdi.