Farg’onaning "Neftchi" klubi o’z tarkibini Namanganning "Navbahor" jamoasi azosi bilan kuchaytirish arafasida turibdi. "Championat.asia" saytiga malum bo’lishicha, "lochinlar"ning chap qanot himoyachisi Mirzohid G’ofurov "Neftchi"ga o’tadi. Yodingizda bo’lsa, 11 dekabr kuni saytimizda Stanislav Andreev "Navbahor"ga o’tayotgani haqida xabar bergan edik. Kecha esa "Navbahor" matbuot xizmati Andreev namanganliklar bilan birga mashg’ulotlarni boshlagani aks etgan suratni chop etgandi. G’ofurov esa kechagi mashg’ulotda yo’q edi.
M.G’ofurov "Navbahor"ga 2017 yil "Mashal"dan o’tgandi va o’shanda jamoada Ilhom Mo’minjonov bosh murabbiy edi. Demak, Mo’minjonov sobiq shogirdini chorlamoqda.
Eslatib o’tamiz, 33 yoshli Mirzohid o’tgan mavsum "Navbahor" tarkibida Superligada 25ta o’yin o’tkazib bitta gol urdi va ikkita golli pas berdi.