Futbol

Joriy yilda chempionatimizda bir qator legionerlar o’zlaridan ijobiy taassurot qoldirishga erishishdi.

184



Joriy yilda chempionatimizda bir qator legionerlar o'zlaridan ijobiy taassurot qoldirishga erishishdi.

Turkiyadan varianti nima uchun o’xshamadi? Qaysi davradagi “Navbahor” kuchli? Ehsoni Panshanbe bilan intervyu

Teglar : 
intervyuEhsoni PanshanbeNavbahor
Joriy yilda chempionatimizda bir qator legionerlar o’zlaridan ijobiy taassurot qoldirishga erishishdi.

Ularning safiga "Navbahor"ning tojikistonlik futbolchisi Ehsoni Panshanbeni ham kirita olamiz. Jamoaga kelgan ilk kunidan boshlab muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan yarim himoyachiga shu kunga qadar ko’pgina chempionatlardan takliflar bo’ldi. Lekin nima uchun "Navbahor"da qolishni afzal ko’rdi? Ushbu savolga quyidagi intervyu orqali javob olishingiz mumkin. 

– "Navbahor"da 2020 yilning ikkinchi davrasidan boshlab to’p tepib kelmoqdasiz. Deyarli ikkita mavsumni guvohi bo’ldingiz. Jamoaning mana shu ikki mavsumdagi ishtirokida qanday farq sezdingiz? Taqqoslagan holda baho bera olasizmi?

– Ha, 2020 yilning ikkinchi qismida jamoaga kelgandim. O’tgan va undan oldingi mavsumda pastki o’rinlarni egalladik. SHu bois katta farq ko’rganim yo’q. Muxlislar bizdan ko’prog’ini kutishadi. 

– Klubga moslashish va o’yinga qo’shilib ketish qiyin kechmadimi? Doim aytib kelamiz "Navbahor"da o’ynab ketish, bosimni engib o’tish oson emas…

– Albatta, jamoaga va yangi kollektivga o’rganish biroz vaqt talab qildi. Menimcha har bir futbolchi boshqa bir joyga kelganda malum bir qiyinchiliklarga duch keladi. Begona muhit, murabbiyning falsafasi va yigitlar bilan chiqishib ketish. Tojikiston va O’zbekiston bir-biriga yaqin xalq bo’lgani uchun o’rganish qiyinchilik tug’dirmadi. Jamoadoshlarim meni qo’llab-quvvatladi. Muxlislar barcha narsani ishga solishdi. 

– Bu mavsumning ikkinchi davrasini hisobga olganda "Navbahor" qaysi o’rinlarga mos, deya olasiz?

– Tan olish kerakki, birinchi davrada o’z imkoniyatlarimiz darajasida o’ynay olganimiz yo’q. Ikkinchi davrada esa nisbatan yaxshiroq to’p tepdik. Tartibli o’yin ko’rsatdik. Natijalar yomon bo’lmadi. Agarda chempionat yana bir necha tur davom etganida "Navbahor" bemalol kuchli to’rtlikdan o’rin egallardi. 

– O’tgan mavsum yakunida, mazkur yil yozida bir qator klublardan takliflar bo’lgandi. Xususan Turkiya Superligasi vakili "Xatayspor" jamoasi sizni harid qilmoqchi edi. "Lochinlar" safida qolganingiz maosh va yaxshi sharoitlar sababmi? Agarda ixtiyor o’zingizda bo’lganida qaysi birini tanlar edingiz?

– SHartlar va maoshlar borasida sir saqlash siyosatini afzal ko’raman. "Xatayspor" juda yaxshi sharoitlarni taklif qildi. Lekin ikki tomon transferim borasida bir qarorga kela olishmadi. 

Joriy yilda chempionatimizda bir qator legionerlar o'zlaridan ijobiy taassurot qoldirishga erishishdi.

– Dushanbening "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ham sizni o’z jamoasida ko’rishdan xursand bo’lishini aytgandi…

– Barcha takliflarni agentim bilan birga muhokama qilamiz. Biz asosan yangi takliflarni kelajak faoliyatimga qanchalik tasir qilishi haqida o’ylaymiz. "Istiqlol" men o’sgan, katta tajriba to’plagan jamoa. Balki bir kun kelib qaytarman.

– Sobiq jamoangizning o’tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlari va OCHLda kuchli raqiblarni mag’lubiyatga uchratgani tasodifmi?

– Yo’q, tasodif emas. "Istiqlol"dagi ko’p futbolchilar Tojikiston terma jamoasida o’ynashadi va xalqaro tajriba to’plashgan. OCHLda butun yuragim bilan "Istiqlol"ga muxlislik qildim. Ularning g’alabasiga ishondim. 

– "Navbahor" muxlislariga tilaklaringiz va keyingi rejalaringiz bilan o’rtoqlashsangiz?

– Keyingi faoliyatim qanday bo’ladi hammasini vaqt ko’rsatadi. Muxlislarga esa stadionga kelib doim qo’llab-quvvatlashlarini so’rab qolaman. Ular eng yaxshilari. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Fikr bildirish