Boks/MMA

Promouter Eddi Xirn og’ir vaznda sobiq chempion Entoni Joshua (24-2, 22 KO) hamda og’ir vaznda WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik o’rtasidagi revansh jangi haqida gapirdi.

392

“SHubhasiz, biz manzil va sanani birgalikda tanlashimiz kerak. Aprel, bu jang uchun yaxshi variant. Lekin, biz hali ham manzil bo’yicha bir qarorga kelganimiz yo’q. 

Joshua — yiliga ikki marta jang qiladiganlardan. Bizga esa bazan yiliga ucha jang o’tkazilsa yaxshi bo’lar edi. Bizda butun dunyodan takliflar bor, lekin menimcha, eng yaxshi variant — Buyuk Britaniya! Biz Aleksandr Krasyuk bilan gaplashishimiz kerak. Menimcha, bu Rojdestvodan keyin bo’ladi. Bu masalani oldinga suruvchi muzokarani boshlash vaqti keldi. 

SHubhasiz, revanshning rad etilishi borasida bir qancha munozaralar bor edi. Lekin hozir buning foizi juda ham kam. Men bu haqida gapirishni boshlamaganimcha, Joshua buni xohlamadi. Yani, biz u istagan ishni qilyapmiz – Aleksandr Usik bilan revansh”, — dedi Xirn.

Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish