Boks/MMA

Bokschi ushbu jangdan o’z farzandlari, oila azolari bilan tezroq ko’rishishni afzal bilgan.

477

Engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Jorj Kambosos-junior (20-0, 10 KO) Vasiliy Lomachenko va Richard Kommi  (31-4, 27 KO) o’rtasidagi jangga bormaganining sababini malum qildi.

Avstraliyalik o’zining Lopes ustidan qozongan g’alabasidan so’ng Devin Xeyni va Jervont Devislarning janglarida ishtirok etdi, lekin ukrainalik bokschining jangini kuzatmadi va o’sha kuni AQSHdan ketdi.

“Lopesga qarshi jangimdan oldin o’zimga-o’zim uning kamarlarini olaman, keyin esa Xeyni va Devisning jangini kuzataman degandim. Men faqat Lopes bilan jangni va bu uchun qilinadigan qurbonliklar haqida o’ylardim. Lekin eng ko’p jabrni rafiqam ko’rdi. Bizning uch nafar farzandimiz bor.

Men Amerika jurnalistlar assosiaciyasi mukofoti uchun kechki ovqatga keldim, keyin Nyu-Yorkka qaytib, Lomachenko – Kommi jangiga bormoqchi bo’ldim. Ammo, uyda meni uch farzandim kutardi va men ularni ko’rishni istadim”, — deya Kambososning so’zlarini keltiradi The Ring.

Fikr bildirish