“Borussiya D” klubining norvegiyalik forvardi Erling Xoland kelajagi borasida muhim qaror qabul qildi.
Jurnalist Janluka Di Marsio o‘zining Twitter sahifasida yozishicha, Xoland APLdan ko‘ra ko‘proq La Ligada o‘ynashni istamoqda. U ayni damda Angliya chempionati unga mos kelmaydi deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, hozirda futbolchi uchun “Barselona”, “Real Madrid”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” kabi grandlar kurash olib bormoqda.
Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi.