«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Gari Nevill «MYU»ga navbatdagi bosh murabbiyni aytdi.
Uning fikricha, «PSJ»ning amaldagi ustozi Maurisio Pochettino Ralf Rangnikdan keyin bu lavozimga asosiy nomzod.
«Men Pochettinoni «Manchester Yunayted»ning keyingi murabbiyi bo‘lishini istardim, chunki u Premyer-ligadan yaxshi xabardor.
Menimcha, u jamoaga to‘g‘ri uslubni singdira oladi. Uning vaqti keldi, katta yulduzlar bilan ishlab o‘rgangan.
Menga har doim Pochettino yoqqan. Menimcha, bu klubga mos keladi, chunki u yoshlar bilan yaxshi ishlaydi. Maurisio futbolchilardan maksimal foydalana oladi, u yaxshi murabbiy», — deydi Nevill.