APLning 21-tur doirasida bo‘lib o‘tgan «Arsenal» – «Manchester Siti» (1:2) jamoalari o‘rtasidagi vaziyatlar munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ushbu bahsni Styuart Ettuell boshqarib bordi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar darvozaboni Ederson mezbonlar yarim himoyachisi Martin Edegorga oyoqlari bilan tashlandi, norvegiyalik futbolchi yiqildi. Biroq, uchrashuv bosh hakam penalti belgilamadi.
Bahsning 53-daqiqasida esa Granit Jaka o‘z jarima maydonchasi ichidagi kurashda Bernardu Silvaga qo‘pollik qildi deb topildi va «Manchester Siti» foydasiga penalti belgilandi. “Shaharliklar” a’zosi Riyod Mahrez esa 11 metrli jarima to‘pini aniq amalga oshirdi.