Franciyalik Gael Monfis musobaqada birinchi raqam ostida birinchi raqam ostida harakat qiladigan bo’ldi. Gael ikkinchi davradan bahslarga qo’shiladi. Uning raqibi argentinalik Xuan Manuel CHerundolo va avstraliyalik Aleks Bolt uchrashuvidan so’ng aniqlanadi.
Turnirning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Karen Xachanov ham o’z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi. Avstraliyalik Aleksandar Vukich yoki amerikalik Stiv Jonson ikkinchi davrada Xachanovga ro’baro’ keladi. Uchinchi raqamni olgan xorvatiyalik Marin CHilich ikkinchi davrada braziliyalik Tyago Monteyro yoki germaniyalik Daniel Altmayerga qarshi kortga chiqadi.