Kimlar Turkiyaga boradi? Klublarimizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejalari haqida
Teglar : Superliga
Malum muddatli tanaffusdan so’ng Superliga jamoalari yangi mavsumga taraddud ko’rishni sekin-asta boshlash arafasida turishibdi.
Odatda bunday pallada aksariyat klublar o’z qarorgohlarida to’planishadi. Tarkib aniq bo’lib ulgurgach esa yanvar oyi oxirlari, fevral oyi boshlarida xorij yig’iniga otlanishadi. Xo’sh, bu borada kimda qanday reja? Barchasi quyidagi jadvalda keltirilgan
Klub nomi
Yig’in sanasi va joyi
Paxtakor
05.01- 04.02 Toshkent
05.02 – 20.02 Antalya
So’g’diyona
04.01 – Toshkent
AGMK
03.01 – Toshkent. Xorij yig’ini rejada bor.
Nasaf
3.01 – Qarshi
Bunyodkor
05.01 – Toshkent
Navbahor
06.01 20.01 – Antalya
Lokomotiv
10.01 – Toshkent
Qo’qon-1912
04.01 09.01 – Qo’qon
11.01 21.01 – Toshkent
25.01 05.02 – Farg’ona
09.02 19.02 – Toshkent
22.02 01.03 – Qo’qon
Qizilqum
07.01 – Navoiy. Xorij yig’ini rejada bor
Surxon
Aniq emas
Metallurg
11.01 19.01 – Bekobod
20.01 01.02 – Toshkent
03.02 18.02 – Antalya
Dinamo
05.01 – Samarqand
Olimpik
04.01 – Toshkent
03.02 – Turkiya
Neftchi
06.01 17.01 – Toshkent
20.01 10.02 – Antalya
Uchinchi bosqich Farg’ona
Yuqoridagi malumotlarga tayanib aytadigan bo’lsak, 7ta klub yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida xorijda yig’in o’tkazadi. Qolgan klublar esa o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib Toshkentda yoki o’z qarorgohlarida mashg’ulotlarni olib borishadi. O’tgan yili ham deyarli xuddi shu jamoalar chet elda taraddud ko’rgan. Bu mavsum avvalidan Superligaga chiqqan "Neftchi" ular orasiga qo’shildi. Poytaxtning ikki klubi "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o’z qarorgohida tayyorgarlikni olib boradi.
Balki rejalarga o’zgartirish kiritilib xorijga chiqadigan jamoalar soni yana ko’payishi ehtimoli ham mavjud. Buni esa vaqt ko’rsatadi.