Futbol

Tuxel Lukakuga nisbatan chora ko‘rishni boshladi

146

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Romelu Lukaku bugun “Liverpul”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda jazo tariqasida maydonga tushmasligi mumkin.

Kuni kecha Lukakuning intervyusi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Romelu “Chelsi”da baxtiyor emasligini, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning taktikasini shubha ostiga olayotganini va “Inter” jamoasiga qaytish niyatida ekanligini ochiq bildirdi.

O‘z navbatida Tuxel Lukaku ushbu intervyusidan norozi ekanligini bildirdi. The Telegraph nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Tuxel Lukakuga nisbatan intizomiy-chora ko‘rish payiga tushib qolgan.

Garchi, so‘nggi to‘rtta uchrashuvda uchta gol kiritgan Lukaku bugun bo‘lib o‘tadigan “Liverpul”ga qarshi o‘yinda qaydnomadan joy olmasligi mumkin. Tuxelning bu qarorini klub rahbariyati qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, Romelu klub bilan maslahatlashmagan holda intervyu bergani uchun moliyaviy jarimaga tortilishi kutilmoqda.

Fikr bildirish