Boks/MMA

Boks bo’yicha yarimog’ir vazn toifasida WBC va IBF yo’nalishlari chempioni Artur Beterbiev (17-0, 17 KO) meksikalik Saul Alvares (57-1-2, 39 KO) bilan jang o’tkazishi mumkinligini aytdi.

151

“Promouterim Bob Arum Markus Braun bilan jangdan oldin Kaneloga xabar berdi. Bizning jangimiz Kanelo uchun qiziq, u men bilan jang qilishni xohlaydi. Muzokaralar bo’ldi, lekin har ikki tomondan ham aniq bir narsa chiqmadi. Menimcha, Bob bunday jangning bo’lishi mumkinligiga ishonchi komil. Kuzatamiz.

Alvares raqib tanlashda etakchilik qiladi. Ular duch kelgan raqiblarni tanlashmaydi. Saulning jamoasi juda tajribali. Bu hurmatga loyiq, qoyil. Agar menga jang taklif qilishsa, ularga bazan jangchilarni qandaydir sharoitga solib qo’yishayotganini, tayyorgarlik uchun kam vaqt berishayotganini aytaman. 

Men uchun pul hech qachon ustuvor bo’lmagan. Men uchun har doim titullar va unvonlar muhim hisoblanadi. Lekin bu menga pul kerak degani emas. Men ham pulni yaxshi ko’raman, lekin bu asosiysi emas. Tushundingizmi?

Kanelo bilan jang sinov emas, bu men uchun chorlov. Men har bir jangga chorlov sifatida qarayman. Aslida, bu bir xil chorlov. Ringda kim g’olib bo’lishini hech kim bilmaydi”, — dedi Beterbiev.

Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish