Futbol

Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

249



Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

“Yolg’iz posbon”. “Navbahor” etakchisining siz bilmagan hikoyasi

Teglar : 
“Navbahor”O’tkir Yusupov
Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

Uning juda mashhur bir iborasi bor edi: "Darvozabonlar yolg’iz odamlar bo’lishadi". Bu o’xshatish ko’proq bugungi qahramonimizga mos tushadigandek.

Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

U Qozog’istonning CHimkent shahrida tug’ilgan. Toshkentga ko’chib kelganida atigi 5 yoshda edi. Hayot og’ir va beshafqat, bolalar esa g’ubordan xoli bo’lishadi: sodda, ammo chiroyli orzular bilan yashaydigan. 

Qiyin kunlarni boshdan o’tkazayotgan oilasi bilan shahardagi xolasining 1 xonalik uyiga zo’rg’a sig’ishdi. Uy tor, biroq bolakayning tasavvur dunyosi keng, niyatlari ulkan edi. U har doim yaxshi hayot haqida o’ylar, yorqin kelajakni orzu qilardi.

SHu tufayli ham 11 yoshida futbol maktabiga borishga jurat topdi. Tasodif tufayli darvozaga turdi, ammo nolimadi. Aslida temirdan ishlangan ustunlar yonida bir umr turishga, to’rni barchadan qo’riqlashga ham shay edi. Etarki, orzulari ushalsin. 

Hayot qiziq. Tasavvur qiling, sizda futbolchi bo’lish uchun ajoyib imkoniyat, darvozabon bo’lish uchun kuchli istak bor. Lekin mashg’ulot o’tkazish uchun qo’lqop yo’q. Qanday ahvolga tushardingiz? Atigi 11 yoshdasiz, yaqinlaringizdan yordam so’rashga esa uyalasiz. CHunki pul yo’q va siz buni bilasiz. 

Bugungi qahramonimiz shunday kunlarni ortda qoldirdi. Ro’zg’orga foyda tegsin deb, onasi tayyorlagan yupqalarni bozorda sotdi, shifoxonalardagi xastalarni sariyog’ bilan taminlab turdi. Mashg’ulotlarda esa o’rtog’i sovg’a qilgan bo’yoqchi ustalarning qo’lqopi bilan shug’ullandi.
Bir kuni onasi unga yangi qo’lqop sovg’a qilgandi. Bu sovg’a oila byudjeti uchun 6400 so’mga (o’sha paytda pulning qadri baland edi) tushganini bilganida uyalib ketgandi.

Tez orada "Paxtakor"dan taklif olib, u erda Samvel Babayan bilan tanishdi. Barchasi yaxshi ketayotgan edi. Bu paytga kelib oilaviy holati ancha o’nglangan, lekin o’z ustida ishlamay qo’ygani tufayli kun sayin Babayanning nazaridan tushib bordi.

"Paxtakor"da asosiy bo’lolmasligini anglagach, 2011 yilda Muborak tomon yo’l oldi. "Mashal"da Denis Ivankov bilan tanishdi va butun hayoti o’zgarib ketdi. 

Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

Muborakdan keyin "Nasaf", "Neftchi", "Qo’qon-1912", "Navbahor" jamoalarida to’p tepdi va ayni paytda yurtimizning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. Sezgan bo’lsangiz kerak, gap terma jamoamiz kiperi O’tkirbek Yusupov haqida boryapti. Uning hayotida qiyin kunlar ko’p bo’ldi. Bazan o’z murabbiylari chiqishtirmagani uchun uyiga ko’zida yosh bilan qaytdi, bazida fuqaroligi yo’qligi tufayli pand edi (u 2017 yilda O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan). Ammo barchasi ortda qoldi. Bir paytlar mashg’ulotda kiyish uchun qo’lqop topolmagan Yusupov bugun onasiga mashina sovg’a qildi, Superligadagi eng barqaror posbonlardan biriga aylandi. Eng muhimi, u endi yolg’iz emas. Minglab muxlislari bor.

Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.

Kuni kecha 31 yoshni qarshilagan O’tkir Yusupov qatorasiga 3-mavsumda "Navbahor" tarkibidagi eng yaxshi o’yinchi bo’ldi. Vaholanki, uning futbol o’ynashiga ishonmaganlar talaygina edi. SHunday ekan, bugungi hayotingiz 3 kunlik sinov ekanini unutmang. Uni o’zgartirish o’z qo’lingizda…

Arveladze Angliyada — qanday qilib?

Turk futbolida afsonaga aylangan Volkan Demirelni taniysiz.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish