Futbol

Ronaldu sabab MYU kiyinish xonasida keskinlik kuchaymoqda

157

“Manchester Yunayted” kiyim almashtirish xonasida keskin norozilik kuchaymoqda. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, jamoa bir nechta alohida guruhlarga bo‘lingan. Ulardan biri Garri Maguayr, Edinson Kavani va Meyson Grinvudni o‘z ichiga oladi. Xabarga ko‘ra, ushbu futbolchilar Krishtianu Ronalduga jamoada o‘ta muhim rol yuklanganidan norozi bo‘lishmoqda. Shuningdek, boshqa ba’zi futbolchilar ham Ronalduning boshqa portugal tilida so‘zlashuvchi futbolchilarga ta’sirini yoqtirmaydilar. 

Ma’lumot o‘rnida, 10 yanvar, dushanba kuni Ralf Rangnik shogirdlari Angliya kubogi 3-bosqichi doirasida “Aston Villa”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikr bildirish