Futbol

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

335



Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

D-daraja: O’zbekistonda kuchli hujumchi yo’q

Teglar : 
Temurxo’ja AbduxoliqovMirjahon Mirahmadov SuperligaHujumchilarSHoxnazar Norbekov
Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

O’z oldiga katta maqsad qo’ygan jamoalar transfer bozorida hech kimning og’zini ochtirmayapti. Ularning matbuot xizmatlari esa yangidan yangi "b-u-u-u-m!"larni yasashdan charchamayapti (Masalan, "Loko" Alisher Salimov transferida telegramni "portlatdi"). Lekin ular orasida chinakam "chaqnash"ga sabab bo’lgani ko’rimagandek. CHunki transfer oynasidagi katta nomlar ham ortiq katta futbolchilarday ko’rinmayapti. 

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Masalan, Temirxo’ja Abduxoliqovning "Qizilqum"ga o’tishi va unga juda katta maosh taklif qilinayotgani to’g’risida xabar chiqdi. Umuman olganda, 1991 yilda tug’ilgan forvard chempionatimizning oldingi mavsumida to’purarlar poygasining oldingi qatoridan joy oldi. Biroq, bugungi holatda Superliganing eng yaxshi to’purari o’z jamoasini almashtirsa ham, chinakam "bum"ni berolmaydi (Qachonki, autsayderlar safida paydo bo’lmasa). Barchasi oddiy: ligamizda haqiqiy "yirtqich"lar qolmadi. SHu tufayli o’rtamiyona futbolchilar yomonlarning fonida avliyo bo’lib ko’rinadi.

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Masalan, o’rta hisobda har 310 daqiqada 1 dona gol uradigan forvard bor. Yana ham aniqlashtirsak, u har 7 taymda 1 marta raqib darvozabonlarini ranjitadi. Juda past natija, to’g’rimi?..

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Lekin bu 2021 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisiga tegishli ko’rsatkich (Abduxoliqov). Keling, o’tgan mavsumda hujumchilar tomonidan kiritilgan sof gollarni sanaymiz (yani, penaltilar hisobdan chiqariladi). SHunda "Oltin butsa"ni qabul qilib olgan Dragan CHeran (aslida mukofot Sobir Xodievga topshirildi) yil davomida 16 emas, 8 ta gol urdi. Temurxo’janing "hisob raqami"da esa atigi 6 ta to’p qoldi. 

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Futbol g’alaba uchun o’ynalishi, yutuq gol orqali qo’lga kiritilishini bilasiz. To’p kiritish uchun, avvalo, zarba berish kerak. Hujumchilar barcha zamonlarda yashil maydondagi asosiy "zambarak"lar bo’lishgan. Masalan, Levandovski boshqalardan ko’proq gol urishining hech qanday ilohiy siri yo’q. SHunchaki, Robert raqib darvozasini har o’yinda 4,6 marta (o’rtacha) "o’qqa tutadi". Ko’proq harakat, ko’proq zarba — tabiiyki, ko’proq gol. Bizda esa bu raqam juda past…

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

O’zPFL matbuot xizmati malumotiga ko’ra, 2021 yilgi mavsum davomida raqib darvozasiga eng ko’p aniq zarba yo’llagan futbolchi Temurxo’ja Abduxoliqov bo’lib, u qarshisida kiperlarni 32 bor sarosimaga solgan (o’rtacha 1,4). Takidlanganidek, bu eng yaxshi natija va endi markaziy hujumchilarimiz saviyasini tiniq ko’rsatib beradigan aniq raqamlarga o’tamiz.

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
			"Paxtakor" rahbariyati jamoa safiga yangi qo’shilgan Mirjahon Mirahmadovdan har o’yinda gol kutmasligi kerak. Statistika "gapirib tashlasa", sobiq "qaldirg’och" har o’yinda o’rtacha 1 marta aniq zarba yo’llaydi va ularning 40 foizi golga aylanadi.

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Mavsum davomida o’z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo’ygan SHohruz Norxonov esa har o’yinda zarba berishni uddalab kelmoqda.

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

SHohnazar Norbekovning "kambek"ini xursandchilik bilan qabul qilgan "Metallurg" muxlislariga ham "suvni ko’rmay" quvonmaslikni maslahat beramiz. Golni qo’ya turing, 1994 yilda tug’ilgan hujumchi har 4 ta taymda 1 ta aniq zarba yo’llaydi. Eng qizig’i, bekobodliklar tarkibiga qo’shilgan 2-forvard — Zabihullo O’rinboevning ko’rsatkichi ham xuddi shunday. Demak, ikkala hujumchi tandemda maydonga tushsa, 90 daqiqa davomida birgalashib raqib posbonini 1 marta sergak tortishga majburlashi mumkin.

Qadrli va boqimanda klublarimiz Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Barcha forvardlarni sharmanda qilmaslik uchun bu mavzuni yopamiz. Xullas, Jafar Irismetov, Anvar Berdievlar tarixda qolib ketganini tushunishimiz kerak. Tan olaylik, bugungi chempionatimizda top darajadagi hujumchi yo’q. Agar 2022 yilda kimdir (penaltilarsiz) 15 ta gol ursa ham, kutilmagan natija bo’ladi. Xet-trik, pokerlar-ku bayram bo’ladi. Terma jamoaga kelsak, bor umidimiz Qozog’istonda chempion bo’lgan Igor Sergeev yoki asosiy vaqtini "Roma"ning zaxira o’rindig’ida o’tkazayotgan futbolchidan…

Aqrab Aliev

Fikr bildirish