Dunyoning 78-raketkasi bo’lib turgan Amanda Melburn-2 turnirining finalida reytingning 107-pog’onasida borayotgan belaruslik Aleksandra Sosnovichni uch set natijasiga ko’ra mag’lubiyatga uchratdi – 7/5, 1/6, 6/4.
Ikki soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Amanda 4 tadan eys va breykni amalga oshirdi. U hal qiluvchi uchinchi setda 0:3 hisobida ortda borayotib, yakunida uchrashuvni o’z foydasiga hal qila oldi. Bu tennischilarning o’zaro o’tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Melburndagi muvaffaqiyatli ishtirok Anisimovaga 280 reyting ochkosi hamda 31,000 dollar mukofot puli keltirdi. Sosnovich esa bir haftalik ishtirokidan 180 ball va 18,037 dollar ishlab oldi.