Bosh sovrin uchun kechgan final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi, avstraliyalik Eshli Barti reytingning 14-pog’onasidan joy olib turgan qozog’istonlik Elena Ribakinani ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub etdi – 6/3, 6/2.
Bir soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Eshli o’zaro uchrashuvlardagi hisob farqini oshirdi – 2:0.
O’z vatanidagi muvaffaqiyatli ishtirok Bartiga 470 reyting ochkosi va 108,000 dollar mukofot puli keltirdi. Bugun u faoliyatidagi 14-sovrinini qo’lga kiritdi. Ribakina esa 305 reyting ochkosi va 66,800 dollar ishlab oldi.