Biroz oldin terma jamoamiz Dubay shahriga etib bordi. Championat.asia sayti malumotiga ko’ra, “Nasaf” klubi hujumchisi Husayn Norchaev safarga bormadi. Bunga uning anginasidagi muammolar sabab bo’ldi.
Oldinroq Srechko Katanec mazkur yig’inga chaqirilgan futbolchilar ro’yxatini elon qilgandi:
Darvozabonlar: Valijon Rahimov (AGMK), O’tkir Yusupov (“Navbahor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”).
Himoyachilar: Farruh Sayfiev (“Paxtakor”), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Dilshod Saitov (“Nasaf”), SHerzod Nasrullaev (“Nasaf”), Islom Qobilov (“Lokomotiv”), Abdulla Abdullaev (“Bunyodkor”), Jaloliddin Jumaboev (“Lokomotiv”).
21 yanvar kuni bo’lib o’tishi kerak bo’lgan Yaponiya – O’zbekiston uchrashuvi omikron shtammi tufayli bekor qilindi. Terma jamoamiz 27 yanvar kuni Bahrayn va 1 fevral kuni Yangi Zelandiya bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.