“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xolandni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi, deya xabar beradi “AS”.
Manbaning ma’lum qilishicha, norvegiyalik futbolchi “Barselona”ga jo‘nab ketgan Ferran Torresga yaxshi o‘rinbosar bo‘lishi mumkin. Biroq futbolchining o‘zi faoliyatini “Real”da davom ettirmoqchi. U agentiga Madrid klubida Kilian Mbappe bilan birga o‘ynashni xohlashini aytgan.
Joriy mavsumda futbolchi “Borussiya” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uni 150 million yevroga baholamoqda.