Boks/MMA

Bugun Las-Vegas shahrida o’tgan UFC Vegas 46 turnirining markaziy jangida amerikalik Kelvin Kattar hamda gruziyalik Giga CHikadze o’zaro oktagonda to’qnash kelishgandi.

164

Besh raund to’liq davom etgan dahshatli jangda Kattar hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko’ra ochkolar hisobida g’alaba qozondi. Jangdan so’ng har ikkala yakkakurash ustasi birga tushgan suratlarini Instagram sahifalariga joylashtirishdi.  

“Hurmatdan o’zga hech narsa”, – deya UFC promoushenining rasmiy akkaunti ham ushbu suratni o’z sahifasiga joylagan.

Bugungi zafar Kelvin uchun faoliyatidagi 23-g’alaba bo’ldi. CHikadze esa aksincha uchinchi mag’lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikr bildirish