Futbol

Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo’lib o’tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo’yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

170



Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo'lib o'tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo'yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

Messi FIFA talqini bo’yicha ham eng yaxshi futbolchi deb topilishi kerak(mi?)

Teglar : 
Robert Levandovski Lionel MessiMuhammad SalohYilning eng yaxshi futbolchisi
Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo’lib o’tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo’yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

Mukofotga kim loyiq?

Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo'lib o'tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo'yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

FIFAning eng yaxshi futbolchisi sovriniga davogarlarning yakuniy ro’yxatiga uch futbolchi – Lionel Messi, Robert Levandovski va Muhammad Saloh kiritildi. Asosiy kurash argentinalik va polshalik hujumchilar o’rtasida kechishi shubhasiz. Kuzda ular France Football jurnali tomonidan o’tkazilgan "Oltin to’p" mukofoti uchun kurash olib borishdi. Jurnalistlarning ovoz berish natijalariga ko’ra, Messi birinchi o’ringa loyiq deb topildi. Argentinalik futbolchiga faoliyatidagi ettinchi "Oltin to’p"ning taqdim etilishi mutaxassislar va muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo’ldi. Ko’pchilik Levandovski mukofotga ko’proq loyiq ekanligiga ishongan va FIFA tomonidan o’tkaziladigan marosimda uning bosh mukofotga loyiq ko’rilishiga ishonishda davom etmoqda, ammo…

Mezonlar va qoidalar qanday?

Muammoni to’liq anglash uchun FIFA rasmiy veb-saytiga kiramiz va ovoz berish mezonlari haqida tanishamiz. Muhim jihati shundaki, mukofot 2021 yil doirasida emas, balki mavsum doirasida – 2020 yil 8-oktabrdan 2021 yil 7 avgustgacha erishilgan yutuqlar uchun beriladi. Avvalroq FIFA Evropa mavsumining ananaviy vaqtini – iyuldan iyulgacha qo’llagan edi, biroq pandemiya boshlanishi bilan mavsum vaqti vaqtincha o’zgardi va vaziyat ham boshqacha ko’rinish oldi. Bir yil oldin Robert Levandovski ishonchli tarzda sovrinni qo’lga kiritgan mavsumda (The Best FIFA Football Awards) FIFA 2019 yilning iyulidan 2020 yilning oktyabrigacha bo’lgan davr uchun mukofotni taqdim etgandi. Hozir FIFA yana mavsum vaqtiga chirmashib oldi.

Bu esa shuni anglatadiki, Lionel Messining "PSJ"dagi natijalari umuman inobatga olinmaydi.

Yanada aniqroq tushuncha beramiz. Mukofot nima uchun taqdim etiladi? FIFA saytiga murojaat qilamiz va guvohi bo’lamiz: "Mukofot o’yinchining natijalari va uning maydondagi va undan tashqaridagi umumiy xatti-harakatlari asosida beriladi".

Davom etamiz. Ovoz berishda kimlar ishtirok etadi? Ovoz beruvchilar to’rt guruhdan iborat: terma jamoalarning amaldagi murabbiylari, terma jamoalarning amaldagi sardorlari, jurnalist-ekspertlar hamda FIFA saytidagi muxlislar. To’rtta hakamlar hayati guruhining har biri bir xil ovoz berish imkoniyatiga ega ekanligi ko’rsatilgan. Ovoz berishda faqat bitta cheklov mavjud – jamoa sardorlari o’zlari uchun ovoz bera olmaydilar. Yani, Robert Levandovski va Lionel Messi o’zlarini kuchli uchlikka kirita olmaydi (har bir hakamlar hayati azosi o’yinchilarni uchinchi o’rindan birinchi o’ringacha tartibda ovoz beradi).

Sovrinni kim qo’lga kiritadi?

Dushanba kuni Cyurixda tantanali marosim bo'lib o'tadi, unda FIFA bir necha nominaciyalar bo'yicha yil mukofotlarini topshiradi. Eng hayajonlisi yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofot sanaladi.

Keling, eng yaxshi uch finalchining 2020 yil 8 oktyabrdan 2021 yil 7 avgustgacha bo’lgan ko’rsatkichlariga nazar solaylik.

Muhammad Saloh: "Liverpul" tarkibida 51 o’yinda 31 gol va 6 golli uzatma, Misr termasi safida 2 o’yinda 2 gol urgan. Ushbu davr mobaynida 53 ta o’yinda 0 ta sariq va 0 ta qizil kartochka olgan.

Robert Levandovski: "Bavariya" tarkibida 40 o’yinda 48 gol va 9 golli uzatma, Bundesliga to’purari, Polsha safida 10 o’yinda 8 gol va 2 golli pas muallifi, 50 o’yinda 5 sariq va 0 qizil kartochka olgan.

"Bavariya" tarkibida Germaniya chempionligini qo’lga kiritdi, Polsha terma jamoasi bilan esa Evro-2020 guruh bosqichidan o’ta olmadi.

Lionel Messi: "Barselona" safida 47 o’yinda 38 gol va 14 golli uzatma, La Liganing eng yaxshi to’purari, Argentina safida 13 o’yinda 6 gol va 5 golli uzatma, Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi (turnirning eng yaxshi to’purarlaridan biri), ushbu davrda 60 ta o’yinda 6 ta sariq va 1 ta to’g’ridan-to’g’ri qizil kartochka olgan.

"Barselona" safida Ispaniya kubogini, Argentina bilan Amerika kubogini qo’lga kiritdi.

Ko’rib turganingizdek, obektiv ravishda sovrin Lionel Messiga berilishi kerak. Asosiy argument Amerika kubogi bo’lib, hujumchi finalda o’zini ko’rsata olmagan bo’lsa-da, turnirning eng yaxshi o’yinchisi deb topildi.

Biroq shuni unutmasligimiz kerakki, sovrinni kim qo’lga kiritishida ovoz beruvchilarning o’rni ham beqiyos. Keling, natija qanday bo’lishini kuzatamiz, buning uchun sabr qilish kerak.

Fikr bildirish