“Manchester Yunayted” yanvarda yangi markaziy yarimhimoyachini sotib olmoqchi bo‘lsa, “qizil iblislar” yozda ushbu pozisiyani yanada mustahkamlamoqchi.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, mankunianliklar keyingi transfer oynasida Angliya terma jamoasi o‘yinchilaridan biri uchun kurashishga tayyor. Gap Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem va “Vest Xem” yetakchisi Deklan Rays haqida ketmoqda, deya xabar beradi “The Athletic”.
Asosiy maqsad 18 yoshli Bellingem bo‘lib, u kamida 75 million yevro to‘lashi kerak. Eslatib o‘tamiz, qishda Denis Zakariya yoki Amadu Aydara ham MYU tarkibiga qo‘shilishi kerak.