Biroz avval O’FA matbuot xizmati ana shu xabarni tasdiqladi. Unga ko’ra, 21 yanvar kuni O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi. Yig’inning ikkinchi qismini vakillarimiz 26 yanvardan 2 fevralgacha Xorvatiyada davom ettirishadi. Xorvatiyadagi yig’in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Franciya va CHernogoriyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi.
O’rtoqlik o’yinlari
28.01.2022
O’zbekiston — Franciya
30.01.2022
O’zbekiston — CHernogoriya
31.01.2022
O’zbekiston — Franciya
Biz bergan xabarda Kuvayt bilan ham o’yin o’tkazishimiz haqida malum qilgandik. UFA bergan rasmiy xabarda esa qitadoshlarimiz bilan o’yin o’tkazilishi haqida malumot yo’q. Braziliyalik Kakau boshchiligidagi kuvaytliklar Xorvatiya yig’iniga bormaydigan bo’lishganmi yoki boshqa sabab, bunisi bizga qorong’u.