Belaruslik tennischi 73 daqiqa davom etgan ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 34-pog’onadan joy olib turgan shveycariyalik Jil Taykmanndan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi – 6/1, 6/2.
Bahs davomida 32 yoshli Azarenko ham, 24 yashar Taykmann ham bittadan eys zarbasini ijro etishdi. Tennischilar ilk bor o’zaro kortda to’qnash kelishdi. Azarenkoning uchinchi bosqichdagi raqibasi ukrainalik Elina Svitolina bo’ladi.