Boks/MMA

Rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugov promoushen bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

205

Zubayra 2 aprel kuni boshlanadigan Ramazon ro’zasigacha oktagonga qaytishni rejalashtiryapti. Bu haqda Xabib Nurmagomedovning o’zi xabar berdi.

“U UFC bilan yangi shartnoma imzoladi. Viza olish ishlarini boshlab yubordik. Umid qilamizki, jang Ramazongacha o’tkaziladi”, – deya o’zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Xabib. 

Malumot uchun, 31 yoshli Zubayra Tuxugov oxirgi jangini o’tgan yilning oktyabr oyida Abu-Dabidagi UFC 267 turnirida Rikardo Ramosga qarshi o’tkazib, ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozongan edi.

Fikr bildirish