Tennis

Simona Xalep Australian Open to’rtinchi davrasiga chiqdi

171

Ayollar o’rtasidagi musobaqada dunyoning 15-raketkasi Simona Xalep 65 daqiqa davom etgan uchinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 98-pog’onadan joy olgan chernogoriyalik Danka Kovinichni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lubiyatga uchratdi – 6/2, 6/1.

Xalep kortda o’tkazgan daqiqalari davomida 3 ta eys zarbani amalga oshirdi va to’pni o’yinga kiritishda ikkita qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Raqibasining oltita to’p uzatishini yutib olgan. Kovinich esa umuman eys zarba yo’llay olmadi. 

Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko’rinishiga keldi. Ruminiyalik tennis malikasining to’rtinchi davradagi raqibasi franciyalik Alize Korne bo’ladi.

Fikr bildirish