Rossiyalik tennischi WTA reytingida 9-o’rinni egallab turgan polshalik Iga Svyontekka 2/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 96 daqiqa davom etgan.
Kasatkina 3 ta, Svyontek esa 4 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi – 1:1. Svyontek endi to’rtinchi bosqichda rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova yoki ruminiyalik Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqadi.