Rossiyalik tennis ustasi uchinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 27-pog’onadan joy olib turgan xorvatiyalik Marin CHilichga imkoniyatni boy berib qo’ydi – 5/7, 6/7(3), 6/3, 3/6.
Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Andrey 17 ta, Marin esa 24 ta eys zarbani ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida CHilich hisobni qisqartirishga muvaffaq bo’ldi – 2:4. Endi xorvatiyalik tennischi Australian Open to’rtinchi davrasida kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.