Jumladan, erkaklar o’rtasidagi musobaqada dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Germaniyalik tennis ustasi 1/8 finalda jahon reytingida 14-o’rinda borayotgan kanadalik Denis SHapovalovga 3/6, 6/7(5), 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Sasha 144 daqiqa davom etgan bahsda 3 ta eys, 2 ta breykni amalga oshirib, to’pni o’yinga kiritishda 8 bor qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Denis esa 3 ta eys, 4 ta breyk-poynt, 11 ta qo’shxato qayd etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Zverev hamon oldinda bormoqda – 4:3.
Denis SHapovalov Australian Open turnining chorak finalida chempionlik uchun bosh davogar ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi.