Boks/MMA

Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida MMA bo’yicha kattalar va yoshlar o’rtasida jahon chempionati boshlanadi.

182

Xalqaro IMMAF federaciyasining 10 yillik tarixida ilk bor o’tkazilayotgan bunday masshtabdagi katta turnirda yoshlar (18-20 yosh) hamda kattalar ishtirok etadi. 29 yanvarga qadar davom etadigan murosasiz bahslarga Abu-Dabi shahridagi Zayed Sports City jiu-jitsu arenasi mezbonlik qiladi. Ushbu arena UFC janglari o’tkaziladigan Yas oroli (UFC Fight Island)ga yaqin hududda joylashgan. 

Jahon chempionatida dunyoning 60 davlatidan 500 nafardan ziyod yakkakurash ustalari qatnashadi. Ular qatorida O’zbekiston terma jamoasi ham jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi. Jahon chempionati immaf.tv sayti orqali butun dunyoga translyaciya qilinadi. 

Qizig’i, Rossiya terma jamoasi neytral MMA UNION bayrog’i ostida janglarda ishtirok etadi. G’olib rossiyalik sharafiga davlat madhiyasi emas, aksincha, CHaykovskiy bastalagan musiqalardan biri yangraydi.

Rossiya MMA jamoasi tarkibi:

Erkaklar

-52,2 kg — Kurban Omarov, Farhod Rahmonaliev

-56,7 kg — Jenishbek Uulu Bektur, Ibragim Kartoev

-61,2 kg — SHaxban Gapizov

-65,8 kg — Kurban Zaynukov

-70,3 kg — Salamat Isbulaev

-77,1 kg — Magomed Aliev

-83,9 kg — Yusup Magomedov

-93 kg — Jamal Mejidov, Magomed SHaxrudinov

-120 kg — SHamil Kurmagomedov, Xalil Ibnuxajarov

+120 kg — Murad Jamaldinov, SHamsutdin Mahmudov.

Ayollar

-47,6 kg — Yana Markova, Valeriya Tepisheva, Vera Buga

-52,2 kg — Anna Safeeva, Diana Naydenova, Yuliya Utyaganova

-56,7 kg — Aleksandra Fitina, Lyubov Salnikova

-61,2 kg — Tatyana Postarnarnakova, Darya Tereshhenko

-65,8 kg — Nina Xarinova

-70,3 kg — Olga Lagodnaya, Darya Pirogova, Mariya SHirkanova

Fikr bildirish