Unda etakchi sifatida 322 ochko bilan Braziliyaning “Palmeyras” jamoasi ko’rsatildi. Keyingi o’rinlardan esa “Atletiko Mineyro” hamda “Man Siti” joy oldi.
Top-390’da O’zbekistonning uch vakili ham bor. “Nasaf” 89 ochko bilan 213-o’rinda ko’rsatilgan, “Paxtakor” 283-pog’onada bo’lsa, AGMK 331-o’rinda qayd etilgan. Osiyo klublari orasida J.Koreyaning “Ulsan Xyonde” (61-o’rin, 159,5 ochko) etakchilikni qo’lga olgan.