Futbol

U «Roma»ni tark etishga yaqin turibdi

378

Armanistonlik yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan «Roma»ni tark etishga yaqin turibdi. Roma Press nashrining ma’lum qilishicha, Rim klubi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv olti oydan keyin tugaydi.

Manbaga ko‘ra, «bo‘rilar» rahbariyati maoshini tejash maqsadida 33 yoshli yarimhimoyachi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ayni damda Geynrix Rim klubida yiliga uch million yevro oladi.

O‘tgan yil oxirida Mxitaryanning Rossiya chempionatiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Armanistonlik futbolchiga RPLda ikkita davogar bor – «Krasnodar» va poytaxtning «Spartak» klubi.

Fikr bildirish