Futbol

Zyule yangi jamoasi bilan kelishuvga erishdi

201

Himoyachi Niklas Zyule mavsum yakunida «Bavariya»ni tark etadi.

26 yoshli futbolchi Myunxen klubi rahbariyatini 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan «Gerta»ga (4:1) qarshi o‘yin oldidan shartnomani uzaytirmaslik qarori haqida xabardor qilgan.

Nemis futbolchi yozda erkin agent sifatida o‘tadigan yangi jamoasi bilan amalda kelishib oldi. Biroq yangi Zyulening yangi klubi nomi hozircha noma’lum.

Avvalroq, himoyachiga «Barselona», «Chelsi» va «Nyukasl» da’vogarlik qilayotgani xabar qilingandi. U «Bavariya»ning yiliga 10 million yevrolik yangi shartnoma taklifini rad etdi.

Eslatib shtamiz, Niklas «Bavariya»da besh mavsumdan beri o‘ynab keladi.

Fikr bildirish