PSJ hujumchi Neymar mashg‘ulotlarga qaytganini e’lon qildi. 29 yoshli braziliyalik noyabr oyining oxiridan beri jarohati sabab maydonga tushmayapti.
Futbolchining Fransiya kubogi 1/8 finalida “Nissa”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladimi yoki yo‘qmi, hozircha ma’lumot yo‘q. O‘yin 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.