Futbol

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o’tkazdi.

339



Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Alissonga o’yin davomida ikki marta qizil kartochka ko’rsatildi, lekin u maydondan chetlatilmadi

Teglar : 
Alisson BekerBraziliyaEkvador
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o’tkazdi.

Braziliya terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati yo’llanmasini allaqachon qo’lga kiritdi, ammo bu uning qiziqarli o’yin ko’rsatishiga to’sqinlik qilmadi, bunga ekvadorliklar ham yordam berib yuborishdi.

Braziliyaliklar uchrashuvda tezda hisobni ochishdi, Kazemiro 6-daqiqadayoq bir necha santimetr masofadan gol urdi, ammo bu esda qoladigan asosiy voqea emas.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Keyingi voqealarni esa shunchaki tomosha qilish kerak edi — turlicha qarorlar, bir qarasang komediya, bir qarasang drama.

13-daqiqada braziliyalik Mateus Kunya raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, lekin ekvadorlik darvozabon Aleksandr Dominges taekvondo uslubida uning naq bo’ynini nishonga oldi. Darvozabon VAR yordamida chetlatildi, qizil kartochka darhol ko’rsatilmagani g’alati holat.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Braziliyaliklar ko’pchilik bo’lib atigi 7 daqiqa o’ynashdi, chunki 20-daqiqa o’tib borayotgan bir pallada "Tottenxem" o’yinchisi Emerson Royal ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi. Ikkinchisi raqib yo’liga to’g’anoq bo’lgani uchun ko’rsatildi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Qizil rang festivali 26-daqiqada yanada avjiga chiqdi: endi Alisson maydondan badarg’a qilingan poziciyadoshiga nimalarga qodirligini isbtlash uchun oyog’ini raqib futbolchisi tomon ko’tardi va bo’ynining orqa tomonini nishon qildi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Ammo bu safar VAR chetlatishni bekor qildi, chunki ular birinchi bo’lib to’pga "Liverpul" posboni o’ynagan deb topishdi. Bunday karate usuli uchun hakam tomonidan faqatgina sariq kartochka ko’rsatildi.

VARdagi ko’rishlar, to’xtalishlar, kartochkalar tufayli birinchi bo’limga 10 daqiqa qo’shib berildi.

Ikkinchi bo’lim ham xuddi shu birinchidagisi singari davom etdi: masalan, taym boshida Rafinya o’z jarima maydonida raqib oyog’ini bosib olgach, hakam braziliyaliklar davrozasi tomon penalti belgiladi, lekin VAR bilan bog’lanib, qarorini bekor qildi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Ekvador keskin kurashlar natijasida oxir-oqibat hisobni tenglashtirdi, ammo bu o’yindagi eng qiziq voqea emasdi, ha, ha, gollarni unutavering, ular kulminaciya emasdi.

Taymga qo’shib berilgan daqiqalarda hakam jarima maydonchasidagi qo’pollik uchun Alissonni ikkinchi marta maydondan chetlatdi va yana braziliyaliklar darvozasiga penalti belgiladi.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Keyinchalik hakam VAR yordamida vaziyatni ko’rib chiqqach, yana qarorini bekor qildi. Alisson ikki marta qizil kartochka oldi va ikkalasida ham maydonda qoldi!

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Xayriyatki, uchinchisiga vaqt etmay qoldi, o’yin 1:1 hisobida yakunlandi.

"Menimcha, bu futbol tarixida birinchi marta [bir o’yinda ikkita qizil kartochka olib, bahs oxirigacha to’p terish] sodir bo’ldi. O’ylaymanki, barcha bahsli vaziyatlarda to’g’ri harakat qildim, — deya javob qaytardi braziliyalik darvozabon. — Bu jarayon VARdan foydalanish qanchalik muhimligini yana bir bor isbotlaydi".

Ammo Ekvador terma jamoasi bosh murabbiyi Gustavo Alfaro hakamliklar norozi bo’ldi.

"Biz hayratdamiz. Menimcha, VAR futbolning mohiyatini o’ldiradi. Biz mamlakat uchun tarixiy g’alaba qozonish imkoniyatimizdan mahrum bo’lganimizni his qilyapmiz. Men xohlagan yagona narsa — adolat. Ekvador jahon chempionatiga chiqish imkoniyati uchun o’ynadi va biz qancha vaqt va kim bilan to’qnashishimizdan qatiy nazar, kurashni davom ettiramiz", — dedi Alfaro.

Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Braziliya Ekvadorga qarshi tragikomedik bahs o'tkazdi.

Gustavoning umidsizlikka tushishini tabiiy hol. Agar Ekvador g’alaba qozonsa, Qatardagi mundial chiptasini deyarli kafolatlashi mumkin edi: hozirda Janubiy Amerika saralash bosqichida ekvadorliklar 24 ochko bilan uchinchi o’rinda bormoqda, jahon chempionatiga beshta jamoa to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma oladi, beshinchi o’rindagi Kolumbiya ayni damda 17 ochkoga ega bo’lib turibdi.

Ekvador keyingi o’yinlarini Peru, Paragvay va Argentinaga qarshi o’tkazadi, bu bahslar oson bo’lmaydi, ammo hozirgi ko’rinishida jamoa 2022 yilgi jahon chempionatining ishtirokchilaridan biriga aylangandek taassurot uyg’otmoqda.

Ekvador – Braziliya 1:1 (0:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 6 Kazemiro, 1:1 – 75 Torres.

Ekvador – Dominges, Presiado (Kaysedo, 66), Torres, Inkapie, Estupinyan, Grueso (Presiado, 66), Franko (Galindes, 18), Kaysedo (Mendes, 86), Plata, Valensiya, Estrada (Karselen, 85).

Braziliya – Alisson, Emerson, Tiago Silva, Militao, Aleks Sandro, Kazemiro, Fred, Koutino (Dani Alves, 33), Rafinya (Antoni, 63), Mateus Kunya (Gabriel Barboza, 78), Vinisius Junior (Gabriel Jezus, 63).

Ogohlantirishlar: Emerson (1), Alisson (31), Rafinya (42), Militao (45), Valensiya (70), Kaysedo (78).

CHetlatishlar: Dominges (15), Emerson (20).

Fikr bildirish