Himoyachi Serxio Ramos o‘tgan mavsum oxirida «Real Madrid»dagi ko‘p yillik xizmatlaridan so‘ng klubni tark etib, «PSJ»ga o‘tishga qaror qildi. Yaqinda Ramos hatto yangi klubidagi ilk golini ham urdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u klubini o‘zgartirishdan oldin qo‘lidan kelgan barcha odamlar bilan bu haqda gaplashishga harakat qilgan.
– Men boshqa futbolchilar, jumladan Messi va Keylor Navas bilan gaplashdim. Ular men uchun ukamdek bo‘lib qolgan. Shuningdek, Neymar bilan ham kelishuv masalasini muhokama qildik. Yakun juda zo‘r bo‘ldi va bu narsalar menga moslashish ancha yordam bo‘ldi, – dedi Ramos klub matbuotiga.
Ramos 2005 yildan 2021 yilgacha «Real Madrid»da o‘ynagan va uzoq vaqt jamoa sardori bo‘lgan.