Futbol

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o’tgan bo’lishiga qaramay, yuqori darajada o’ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

183



Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Yosh chegara bilmas yoxud yuqori sport formada o’ynashda davom etayotgan yulduzlar

Teglar : 
Andres InestaRikardu KuarejmaJanluiji BuffonFrank RiberiNani
Championat.com internet nashri 30 yoshdan o’tgan bo’lishiga qaramay, yuqori darajada o’ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

O’z vaqtida kuchli jamoada yorqin to’p tepgan va hozirda o’rtamiyona jamoalarda muqim joy olib, yaxshi natijalar ko’rsatayotgan charm to’p ustalariga etibor qaratdi. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Andres Inesta (37 yosh)  – "Vissel Kobe"

"Barselona"da yorqin o’yinlarni namoyish qilgan va Messini yanada o’sishi uchun mehnati singgan Inesta 2018 yilning may oyidan buyon Yaponiyada to’p tepmoqda. "Vissel Kobe"da u katta maosh olmoqda. Biroq Andres olayotgan mexnati haqini oqlamoqda. 86 ta o’yinda 19 ta gol va xuddi shuncha samarali uzatma. SHuningdek, klubning bronza medalini qo’lga kiritishiga salmog’li hissa qo’shdi. Darvoqe, Inestaning “kunchiqar yurt” jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilning yanvarida yakunlanadi.

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Janluiji Buffon (44 yosh) – "Parma"

Afsonaviy darvozabon qo’lqoplarini mixga ilishni xayoliga ham keltirmayapti. Ayni vaqtda u "Parma" bilan B Seriyada to’p tepmoqda. Aslida unga top-divizion jamoalaridan talay taklif bo’ldi, biroq u sobiq jamoasiga qaytishni afzal bildi. "Parma"ni A Seriyaga olib chiqishni rejalashtirgan Buffon hozir ham yuqori sport formada ekanini ko’rsatmoqda. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Frank Riberi (38 yosh) – "Salernitana"

"Bavariya"da yorqin xotiralar qoldira olgan Riberi ayni vaqtda "Salernitana"da o’ynayapti. Frankning klub bilan shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. U haligacha maydonda top-darajada o’ynamoqda. Darvoqe, unga Braziliya va Franciya klublaridan taklflar bo’lmoqda. 38 yoshli futbolchi uchun bu ajoyib holatdir.

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Nani (35 yosh) – "Veneciya"

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi AQSH maydonlarida ajoyib o’yin ko’rsatdi va o’zidan yaxshi nom qoldirdi. U "Orlando Siti" sardori sifatida qo’shaloq gollar va golli uzatmalarni amalga oshirdi. 35 yoshli futbolchining MLS'dagi umumiy statistikasi ham juda yaxshi ko’rinishda: 31 ta gol va 18 ta golli pas. Endilikda u A Seriyada javlon urishga shaylanmoqda. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Lukash Podolski (36 yosh) – "Gurnik"

Polshada tug’ilgan va keyinchalik Germaniya terma jamoasi libosida 3 marotaba jahon chempionati, 4 bor Evropa chempionatida ishtirok etgan qahramonimiz ayni vaqtda "Gurnik" sharafini himoya qilmoqda. Turkiya, Yaponiya kabi ligalarda o’ynagan Lukash faoliyatini tug’ilgan mamlakatida o’tkazmoqda. Har qalay u allaqachon 3 ta gol urishga va 1 ta golli uzatmani qayd etishga muvaffaq bo’ldi. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Maruan Fellayni (34 yosh) – “SHandun Tayshan”

Uzun sochini Xitoyga kelib kestirib tashlagan Maruan ayni vaqtda 34 yoshda. 2019 yilda u "Manchester Yunayted"ni tark etib, "SHandun Tayshan" bilan shartnoma imzoladi. Diqqat qiling: yarim himoyachi bo’lishiga qaramay, u chin yurtida 78 ta o’yinda 31 ta gol urishga muvaffaq bo’ldi. Qizig’i shundaki, futbolchi "Everton" va "Manchester Yunayted"da o’ynagan vaqtida ham bunday darajadagi ko’rsatkichga ega bo’lmagan. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Rikardu Kuarejma (38 yosh) – "Vitoriya Gimaraynsh"

Ajoyib haraktalari bilan futbol ishqibozlarini nazariga tushgan Kuarejma 2020 yilning sentyabridan buyon faoliyatini Portugaliya chempionatining o’rtamiyona jamoasi "Vitoriya Gimaraynsh" safida o’tkazmoqda. Evro-2016 g’olibiga aylangan futbolchi hozircha yuqori ko’rsatkich qayd eta olmayotgan bo’lishiga qaramasdan, muntazam ravishda jamoa safida o’ynamoqda. 

Championat.com internet nashri 30 yoshdan o'tgan bo'lishiga qaramay, yuqori darajada o'ynab kelayotgan futbolchilarni saralab chiqdi.

Xaver Ernandes (33 yosh) – "Los-Anjeles Gelaksi"

"Manchester Yunayted" va "Bayer" jamoalarida o’ynagan "CHicharito"ning MLS'dagi dastlabki yili omadsiz chiqqan edi. 11 ta o’ynida atigi 1 ta gol. Keyingi mavsumda esa u 21 ta o’yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 17 ta to’p kiritdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. U 2015/2016 yillarda "Bayer" libosida bir bir mavsum davomida 17 ta gol urgan va shundan buyon bunchalik ko’p gol ura olmagandi.

Samandarbek tarjimasi

Fikr bildirish