Himoyachi Jerar Pike hujumchi Vinisius Juniorni “Barselona”ga o‘tishga ishontirishga uringanini aytdi.
“Vinisius? Men uni “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilganman”, – deya Pikening so‘zlaridan iqtibos iqtibos keltiradi “Sport.es”.
Ma’lumot uchun, Vinisius “Real”da 2018 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. 2021/22 yilgi mavsumda 21 yoshli braziliyalik futbolchi jamoasi safida 30 ta uchrashuvda 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.